O‘zbekiston oliygohlari dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy oldi
Ta’lim muassasalari “Bitiruvchilarning yutuqlari” ko‘rsatkichi bo‘yicha ham baholandi.

O‘zbekistonning 12 ta oliy ta’lim muassasasi Impact Rankings-2025 reytingida TOP-1000 talikka kirdi, ulardan 7 tasi QS-2026 jahonning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy oldi, deb xabar beradi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati.
18-iyun kuni nufuzli Times Higher Education (THE) xalqaro reyting agentligi Impact Rankings-2025 reyting natijalarini e’lon qildi. Reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston OTMlari mintaqada eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etib, Markaziy Osiyo va Kavkazda mutlaq yetakchiga aylandi.
Agentlik BMT tomonidan belgilangan 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) universitetlarning qo‘shgan hissasini tahlil qildi. Ro‘yxatga O‘zbekistonning 59 ta oliy o‘quv yurti kiritilgan bo‘lib, bu mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Ularning 12 tasi dunyoning eng yaxshi 1000 ta universiteti ro‘yxatidan munosib o‘rin egalladi.
Ular orasida 3 ta universitet reytingda eng yuqori o‘rinlarni egallagan – 201-300 o‘rinlar:
- Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti – 201-300;
- O‘zbekiston Milliy universiteti – 201-300;
- «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti – 201-300;
- Toshkent davlat yuridik universiteti – 301-400;
- Samarqand davlat universiteti – 401-600;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 401-600;
- Buxoro davlat universiteti – 601-800;
- Samarqand davlat tibbiyot universiteti – 601-800;
- Navoiy davlat universiteti – 801-1000;
- Toshkent davlat pedagogika universiteti – 801-1000;
- Toshkent davlat texnika universiteti – 801-1000;
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – 801-1000.
Shuningdek, dunyoning eng yaxshi universitetlari QS-2026 reytingiga 7 ta OTM kirgani aytilmoqda. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 5 taga oshib, O‘zbekiston mazkur reytingda ilk bor ishtirok etayotgan oliy ta’lim muassasalari soni bo‘yicha dunyodagi 9 ta davlat qatoridan joy oldi.
Ro‘yxatga O‘zbekistonning quyidagi oliy o‘quv yurtlari kiritilgan:
- «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti – 469-o‘rin (2025-yilda – 547);
- O‘zbekiston Milliy universiteti – 721-730 (2025-yilda 781-790);
- Toshkent davlat texnika universiteti – 901-950 (birinchi marta);
- Samarqand davlat universiteti – 1001-1200 (birinchi marta);
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 1001-1200 (birinchi marta);
- Toshkent davlat transport universiteti – 1201-1400 (birinchi marta);
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – 1401+ (birinchi marta).
«Bitiruvchilarning yutuqlari» ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekistonning 4 ta oliy ta’lim muassasasi eng yaxshi 700 talikka kirdi:
- Toshkent davlat texnika universiteti – 540 o‘rin;
- O‘zbekiston Milliy universiteti – 545 o‘rin;
- «TIQXMMI» milliy tadqiqot universiteti – 644 o‘rin;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 660-o‘rin.
Eslatib o‘tamiz, oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilish yakunlanishiga bir hafta vaqt qoldi. Bu yil o‘qishga eng ko‘p qizlar ariza topshirgan.
Izohlar