3-martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga ariza topshirish boshlanadi
Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi va arizachi haqidagi ma’lumotlar portalda avtomatik ravishda shakllanadi.

Prezident farmoni bilan 3-martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlanadi, deya xabar bermoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati.
Hujjat bilan 2025-yilga mo‘ljallangan ipoteka subsidiyalarini to‘lashning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar soni o‘tgan yilga nisbatan 1,5 baravarga oshdi — 30 ming nafargacha ariza beruvchi ipoteka yordamini oladi.
Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida arizalarni 3-mart kuni soat 09:00 dan boshlab jo‘natish mumkin.
Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali topshirish imkoni bor. Bunda ariza beruvchi xohishi bilan uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlari kiritilishi mumkin.
Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi va arizachi haqidagi ma’lumotlar portalda avtomatik ravishda shakllanadi.
Ariza beruvchi va uning yaqin qarindoshlarining (ular arizada ko‘rsatilgan holda) o‘rtacha daromad miqdori:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan (3 mln 118 ming 500 so‘m) 8 baravarigacha (9 mln 240 ming so‘m);
Toshkent shahrida — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan (3 mln 118 ming 500 so‘m) 9,2 baravarigacha (10 mln 626 ming so‘mgacha) bo‘lishi zarur.
Ma’lumot o‘rnida, ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud bo‘lmasligi lozim.
Мавзуга оид хабарлар:
“Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” medali ta’sis etildi Chetda ishlayotganlar ham O‘zbekistonda ipoteka olishi mumkin bo‘ladi Buzilayotgan turar va noturar joy obektining bozor qiymati to‘liq qoplab beriladi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 ming dollardan mukofot puli beriladi Ayrim dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
Soʻnggi yangiliklar







