O‘zbekiston

2025-yil boshidan buyon o‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlarga 16,5 trillion so‘m sarfladi

Sog‘liqni saqlash xizmatlaridan eng ko‘p Toshkent shahri aholisi, eng kam Navoiy viloyati aholisi foydalangan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil boshidan buyon o‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlarga 16,5 trillion so‘m sarflagan, eng ko‘p sog‘liqni saqlash xizmatlarini Toshkent shahri aholisi olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 15,4% ga oshgan. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida sog‘liqni saqlashning ulushi 2% ni tashkil etdi. Xususan, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida fuqarolarga 16,5 trln so‘mlik tibbiy xizmatlar ko‘rsatilgan.

Shu bilan birga, eng ko‘p sog‘liqni saqlash xizmatlarini Toshkent shahri aholisi olgan — 7,7 trln so‘m. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Toshkent va Samarqand viloyatlari bo‘lib, ularda fuqarolar xizmatlar uchun 1,6 va 1,2 trln so‘m sarflagan. Keyinchalik, hududlar bo‘yicha sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi quyidagicha bo‘ldi:

  • Farg‘ona viloyati – 1,1 trln so‘m
  • Namangan viloyati – 747,7 mlrd so‘m
  • Andijon viloyati – 739 mlrd so‘m
  • Buxoro viloyati – 640,1 mlrd so‘m
  • Qashqadaryo viloyati – 612,8 mlrd so‘m
  • Xorazm viloyati – 557,8 mlrd so‘m
  • Surxondaryo viloyati – 416,8 mlrd so‘m
  • Jizzax viloyati – 398,8 mlrd so‘m
  • Sirdaryo viloyati – 293,1 mlrd so‘m
  • Qoraqalpog‘iston R. – 285,6 mlrd so‘m;
  • Navoiy viloyati – 269 mlrd so‘m

Avvalroq, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston fuqarolari 10 trln so‘mlik sug‘urta xizmatlaridan foydalangani haqida xabar berilgandi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,6 trln. so‘mga yoki 35% ga oshgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная