O‘zbekiston

2025-yil boshidan buyon O‘zbekistonda minglab ayollar himoya orderiga ega bo‘ldi

Mutaxassislar yordam ko‘rsatish uchun yana ming nafar ayollar va bolalarni reabilitatsiya markazlariga joylashtirdi.

Фото: Ситуативное

O‘zbekistonda 2025-yil boshidan buyon huquq-tartibot idoralari tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan 41 051 nafar ayolga himoya orderi berildi, deb xabar bermoqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati.

2025-yilning yanvar-iyun oylarida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan og‘ir ahvolga tushib qolgan, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 11 914 nafar xotin-qizga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, ushbu davrda birlamchi yordam xonalarida 4 006 nafar xotin-qizlarga mutaxassislar tomonidan ijtimoiy yordam ko‘rsatildi. Og‘ir sharoitga tushib qolgan yana 512 nafar ayol va 709 nafar bola reabilitatsiya va moslashtirish markazlariga joylashtirilib, ularga zarur ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatildi.

Avvalroq O‘zbekistonda zo‘ravonlik yoki tazyiqdan jabr ko‘rgan ayollar davlat qo‘riqlash xizmatiga joylashtirilishi haqida xabar berilgandi. Buning uchun nomzodlar vakansiyalar ro‘yxati talablariga javob berishi kerak bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная