2024-yilda qancha fuqaro tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlangani ochiqlandi
Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, sudlanganlarning barchasiga jarima jazosi qo‘llanilgan.
Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda 2024 yilning 10 oyi davomida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik – tuhmat qilishda ayblanib 2 ming 423 nafar fuqaro javobgarlikka tortilgan.
Shuningdek, MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik – haqorat qilishda ayblanib 27 ming 928 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Oliy sud vakili ularning barchasiga jarima solinganini bildirdi.
Shuningdek, 2024 yilning 10 oyida 572 nafar shaxs Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan tuhmat va haqorat qilish huquqbuzarligini sodir qilib, sudlangan.
Xususan, Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) bilan 121 nafar shaxs sudlanib, ularning 11 nafariga jarima, 14 nafariga axloq tuzatish ishlari hamda 92 nafariga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. 4 nafar shaxs shartli hukm qilindi.
Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) bilan 451 nafar shaxs sudlanib, ularning 92 nafariga jarima, 242 nafariga axloq tuzatish ishlari, 4 nafariga majburiy jamoat ishlari hamda 110 nafariga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. 3 nafar shaxs shartli hukm qilindi.
Мавзуга оид хабарлар:
Sirdaryoda sobiq ayolini do‘pposlab, sochini qirib tashlagan erkakka hukm o‘qildi Farg‘onada voyaga yetmagan qiz o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Surxondaryoda 19 kishini chuv tushirgan firibgar qamaldi Toshkent viloyatida taksichiga pichoq bilan hujum qilgan ikki talaba qamaldi Toshkentda 3 yashar bolaning qotili umrbodga qamalgani rad etildi