Yerliklar 28-avgust kuni noyob fazoviy hodisaga guvoh bo‘lishi mumkin
28-avgustda Oy va yana 6 ta sayyora Quyoshning bir tomonida saf tortadi. Hodisani teleskopsiz ham kuzatish mumkin bo‘ladi.
Merkuriy, Mars, Yupiter, Uran, Neptun, Saturn va Oy 28-avgust Quyoshning bir tomonida saf tortadi. Bu haqda Moskva planetariysi xabar berdi.
Sayyoralarning shartli paradi osmonda 160 gradus atrofida sektorni egallaydi. Avgustda Mars, Yupiter, Uran, Neptun va Saturn yarim tundan tong yorishguncha kuzatiladi. Oy oxirida ertalabki osmonda Merkuriy ko‘rina boshlaydi.
28-avgust kuni esa ularga Oy qo‘shiladi. Ularning barchasi Quyoshdan sharqroqda (o‘ng tomonda) joylashgan bo‘ladi.
28-avgust, chorshanba kuni ertalabki osmonda Merkuriy, Mars, Yupiter, Uran, Neptun, Saturn va Oy Quyoshning bir tomonida taxminan 160 gradusli sektorda bo‘ladi, deyiladi xabarda.
Ochiq havoda paradni durbin yoki teleskopsiz ham kuzatish mumkin bo‘ladi. Moskva planetariysi avgust oyidagi bu paradni shartli deb atagan.