28 Avgust 2024, 17:28 Jahon

Yerda 6 balli magnit bo‘roni kuzatilmoqda

Iqlimshunoslarga ko‘ra, 28 avgust kuni kuzatilayotgan magnit bo‘roni prognoz qilinmagan.

Yerda 6 balli magnit bo‘roni kuzatilmoqda

Bugun, 28 avgust kuni yerda 6 balli magnit bo‘roni kuzatilyapti. Bu haqda iqlimshunos Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bu kabi kutilma prognoz qilinmagan. Magnit bo‘roni vaqtida jismoniy zo‘riqishdan qochish, dam olish va to‘g‘ri ovqatlanishga amal qilish tavsiya etiladi.

Magnit bo‘roni surunkali xastaliklarga chalingan insonlar salomatligiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Ayniqsa, yurak-qon tomir, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘riyotgan bemorlar bu o‘zgarishlarni ko‘proq his etadi.

Shuningdek, odamlarda yorug‘lik va baland tovushlarga og‘riqli reaksiya, uyqusizlik yoki aksincha, uyquchanlik paydo bo‘ladi. Shu sababli magnit bo‘ronining salbiy ta’sirlaridan insonlar himoyalanishi lozim.

Mashhur yangiliklar