31 Avgust 2024, 10:15 Jahon

Xitoyda eriyotgan muzlikda 41 ming yillik virus topildi

Himoloy tog‘laridagi Guliya muzligida 1700 ga yaqin qadimiy virus topildi.

Xitoyda eriyotgan muzlikda 41 ming yillik virus topildi

Ohayo shtati universiteti (AQSh) olimlari Xitoy g‘arbidagi Himoloy tog‘lari muzida yashiringan 1700 ga yaqin qadimiy virusni aniqladi. Ularning aksariyati ilgari fanga noma’lum edi. Bu haqdagi tadqiqot Nature Geoscience jurnalida ilmiy maqola chop etildi.

Virusli DNK parchalari erigan Guliya muzligida topildi. U Tibet platosida, dengiz sathidan 7 kilometr balandlikda joylashgan.

Ilmiy maqola mualliflarining fikricha, bu viruslar so‘nggi 41 ming yil ichida kamida uchta yirik iqlim o‘zgarishidan omon qolgan. Viruslardan biri taxminan 11,5 ming yoshda ekani aniqlangan.

Agar ular abadiy muzliklarda shunday uzoq vaqt yashay olsa, bu hayvonlar va odamlar yuqtirgan viruslar ham shunday og‘ir sharoitlarda o‘z xususiyatlarini saqlab qolishi mumkinligini ko‘rsatadi, dedi Jan-Mishel Klaveri, Eks-Marsel (Fransiya) universiteti professori.

Maʼlum bo‘lishicha, Guliyadan topilgan viruslar hayvonlar yoki odamlarga emas, balki bakteriyalarga yuqqan. Endi olimlar viruslar ob-havoning sezilarli o‘zgarishlariga qanday moslashgani va evolyutsiyasi haqida asosiy tafsilotlarni aniqlamoqchi.

Tadqiqotchilar, shuningdek, muz yadrosidagi viruslarning to‘rtdan bir qismi boshqa joylardan kelgan turlarga mos ekanini aniqladi. Ko‘rinishidan, ular turli mintaqalardan, jumladan, Arktikadan kelgan.

Mashhur yangiliklar