Turkiyada Instagramga kirish bloklab qo‘yildi
Turkiya axborot texnologiyalari va aloqa boshqarmasi qarori bilan mamlakatda Instagram bloklandi.
Turkiyada 2-avgust kuni Instagram ijtimoiy tarmog‘iga kirish bloklab qo‘yilgan. Bu haqda turk mahalliy nashrlariga tayanib, Reuters xabar berdi.
Manbada aytilishicha, Instagramʼga kirish Turkiya axborot texnologiyalari va aloqa boshqarmasi qarori bilan bloklangan. Rasmiylar ushbu platforma nima uchun cheklangani haqida hech qanday maʼlumot taqdim etmagan.
Turkiya rasmiylari qarori HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya o‘limi bilan bevosita bog‘liq ekani taxmin qilingan. Instagram tarmog‘i Haniya o‘limi munosabati bilan hamdardlik posti joylagan akkauntlarni umumiy bloklay boshlagan. Bunga javoban esa Turk hukumati Instagram’ning o‘ziga nisbatan taqiq joriy qilgan bo’lishi mumkin.
Rasmiy Anqara ijtimoiy tarmoqning bloklanishi rasmiy sababini keltirmagan bo‘lsa-da, Turkiya prezidenti maʼmuriyati aloqa bo‘limi rahbari Fahrettin Altun qaror Ismoil Haniya o‘limi munosabati bilan paydo bo‘lgan hamdardlik chellenjiga Instagram tomonidan taqiq qo‘yilishi ortidan qabul qilinganiga ishora qilgan.
Bu senzura, ochiqchasiga senzura. Ular kishilarga erkin fikrlari uchun taqiq qo‘yishmoqda, degan holatga munosabat bildirgan Fahrettin Altun.
Turkiya Axborot texnologiyalari va aloqa boshqarmasi 2-avgust kuni Instagram’ga taqiq qo‘yilganini rasman o‘z internet sahifasida eʼlon qilgan. Taqiq qachon va qanday shartlar asosida yechilishi bildirilmagan. Instagram tarmog‘ini nazorat qiluvchi Meta korporatsiyasi holat haqida hozircha izoh bildirmagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Turkiyada qarindoshi tomonidan fohishalikka majburlangan qiz O‘zbekistonga qaytarildi Teraktdan so‘ng Turkiyadagi o‘zbekistonliklar hushyorlikka chaqirildi O‘zbekistonlik 73 yoshli ayol Turkiyada qo‘lga olindi Anqarada terakt uyushtirildi. Qurbonlar bor HAMAS’ning yangi rahbari ma’lum qilindi