Turkiyada Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi
Anqara shahrining Kechio‘ren tumanida Alisher Navoiy haykali ochildi.
30-avgust kuni Turkiyada bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi tadbirlari doirasida Anqara shahri Kechio‘ren tumanida Alisher Navoiy haykalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Tadbirda Turkiya Tashqi ishlari vazirligi, TURKSOY tashkiloti, Anqara shahri va tumanlari hokimliklari vakillari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, navoiyshunos va tilshunos olimlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Anqarada buyuk ajdodimizning ulug‘vor haykalining ochilishi nafaqat bizlar uchun, balki Turkiyadagi barcha birodarlarimiz, hattoki butun turkiy dunyodagi qardoshlarimiz uchun katta sharaf ekaniga chin dildan ishonaman, dedi elchi Alisher A’zamxo‘jayev.
Hozirga qadar Navoiy haykali Moskva, Dushanbe, Ostona, Tokio, Minsk, Shanxay, Seul va Boku shaharlarida o‘rnatilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Turkiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik erkak deportatsiya qilindi Uch yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyadan deport qilindi Turkiyada 25 yoshli o‘zbekistonlik yigit bedarak yo‘qoldi Turkiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi Turkiyada 4 yil tutqunlikda saqlangan o‘zbekistonlik ayol qutqarildi