Tojikistonda Counter Strike va GTA o‘ynash taqiqlandi
Tojikiston IIV Dushanbedagi kompyuterxona egalaridan Counter Strike va GTA o‘yinlariga ruxsat berishni to‘xtatishni talab qilmoqda.
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi mamkalatda Counter Strike va Grand Thef Auto (GTA) videoo‘yinlari tarqatilishini taqiqlashni taklif qildi, deb yozmoqda Avesta axborot agentligi.
Vazirlik fuqarolar, kompyuterxona egalariga murojaat qilib, zo‘ravonlik sahnalari aks etgan videoo‘yinlarga kirishni cheklab qo‘yishga da’vat qilmoqda.
Mamlakat Madaniyat vazirligi Counter Strike va GTA o‘yinlarini tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazgan. Ekspertiza bu videoo‘yinlar zo‘ravonlik, qotillik va bosqinchilik unsurlarini o‘z ichiga olganini qayd etib, ularni milliy madaniy va axloqiy qadriyatlarga zid deb topgan.
Huquqni muhofaza qilish organlari bunday o‘yinlarni muntazam o‘ynaydigan yoshlar va o‘smirlar orasida jinoiy xatti-harakatlar ko‘payib borayotganini qayd etgan.
Dushanbe IIV boshqarmasi kompyuterxona egalaridan bunday o‘yinlarga ruxsat berishni to‘xtatishni talab qilishni boshlagan.
IIV esa ota-onalarga farzandlarini bunday o‘yinlarni o‘ynashdan qaytarib, ularning bo‘sh vaqtlarini nazorat qilishni tavsiya qilmoqda.
Dushanbe militsiyasi bu o‘yinlarning tarqalishiga qarshi kurash maqsadida kompyuterxonalarda doimiy reydlar va tekshiruvlar o‘tkazishi reja qilingan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonliklar Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi O‘zbekistonga 10 oyda qancha turist kelgani maʼlum qilindi Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi O‘zbekistonga 9 oyda qancha turist kelgani maʻlum qilindi O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi havo yo‘lagi yaratadi