Teraktdan so‘ng Turkiyadagi o‘zbekistonliklar hushyorlikka chaqirildi
23-oktyabr kuni Anqara shahrida sodir etilgan terrorchilik hujumidan soʻng ushbu mamlakatda boʻlib turgan oʻzbekistonliklar hushyorlikka chaqirildi.
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi vatandoshlarni jamoat joylarida hushyor bo‘lishga chaqirdi.
Qayd qilinishicha, Bosh konsulxona xodimlari va Turkiya IIV Politsiya tashkiloti vakillari o‘rtasida maslahatlashuv o‘tkazilgan. Unda 23 oktyabr kuni Anqara shahrida sodir etilgan terrorchilik hujumi oqibatlari va jamoat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari muhokama qilingan.
Bosh konsulxona vatandoshlarni jamoat joylarida hushyor bo‘lishga, ehtiyot choralarini ko‘rishga, ayniqsa aeroport, temiryo‘l vokzali, avtoshohbekat, kema stansiyalari, metro va boshqa jamoat transportida xavfsizlik qoidalariga amal qilishga chaqirdi.
Shuningdek, Turkiyadan chiqib ketish arafasida bo‘lgan fuqarolarga aeroportlarga qayddan o‘tish (registratsiya) vaqtidan kamida 1 soat oldin yetib borish, shubhali buyumlar va shaxslar to‘g‘risida yaqin oradagi politsiya yoki xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalariga xabar berish tavsiya etildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi AQShda qancha o‘zbekistonlik talaba tahsil olayotgani aytildi Turkiyada qarindoshi tomonidan fohishalikka majburlangan qiz O‘zbekistonga qaytarildi O‘zbekistonlik erkak Rossiyada odam o‘g‘irlab, pul talab qilishda ayblanmoqda Polshada YTHga uchragan O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatildi