14 Oktabr 2024, 19:03 Jahon

Telegram Qozog‘istonda ofis ochadi

Qozogʻistonda Telegram messenjerining ofisi ochiladi.

Telegram Qozog‘istonda ofis ochadi

Qozogʻiston raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Jaslan Madiyev AQSh Savdo-sanoat palatasi va Amerikaning yirik kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvda mamlakatda Telegram messenjerining ofisi ochilishini maʻlum qildi.

Madiyev oʻz idorasi noqonuniy kontentni zudlik bilan oʻchirish va buzgʻunchi kanallarni bloklash uchun Telegram bilan faol hamkorlik qilayotganini taʻkidladi.

Bizning qonunchiligimizga muvofiq, Telegram, WhatsApp va TikTok kabi internet platformalar endi Qozogʻistonda oʻz vakiliga ega boʻlishi shart. Telegram bilan allaqachon ularning vakilini tayinlash va ofis ochish boʻyicha kelishuvga erishilgan, dedi vazir.

Uning qoʻshimcha qilishicha, messenjer bilan kelishuv — kontent ustidan nazoratni kuchaytirish uchun muhim qadam.

Mashhur yangiliklar