26 Avgust 2024, 08:17 Jahon

Telegram Pavel Durov hibsga olingani yuzasidan munosabat bildirdi

Telegram asoschisi Pavel Durov 24-avgust kuni Fransiyada hibsga olingandi.

Telegram Pavel Durov hibsga olingani yuzasidan munosabat bildirdi

Ma’lum bo‘lishicha, Pavel Durov 24-avgust kuni Ozarbayjondan Parijga o‘z shaxshiy samolyotida borganda Le Burje aeroportida qo‘lga olingan.

Durov Telegram’da moderatsiyaning yo‘qligi, ushbu tarmoqda sodir bo‘layotgan noqonuniy harakatlar, jumladan, giyohvand moddalarni tarqatish, bolalar pornografiyasi va firibgarlik va boshqa ayblovlar uchun qidiruvga berilgan.

U fransuz huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilmagani sababli unga hibsga olish orderi berilgan. Agar unga qo‘yilgan ayblar isbotlansa Durov 20 yilga qamalishi mumkin.

Telegram Durov hibsga olingani yuzasidan ilk bor munosabat bildirdi.

  • Telegram Yevropa Ittifoqi qonunlariga, jumladan Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunga amal qiladi — uning moderatsiyasi sanoat standartlari doirasida va doimiy ravishda takomillashtiriladi.
  • Telegram bosh direktori Pavel Durovning yashiradigan hech narsasi yo‘q va Yevropa bo‘ylab tez-tez sayohat qiladi.
  • Platforma yoki uning egasi ushbu platformani suiiste’mol qilish uchun javobgar ekanligini da’vo qilish bema’nilikdir.
  • Dunyo miqyosida deyarli bir milliard foydalanuvchi Telegram’dan aloqa vositasi va hayotiy ma’lumotlar manbai sifatida foydalanadi.

Biz bu vaziyatning tezroq yechim topishini kutmoqdamiz. Telegram siz bilan, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar