Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni g‘alaba bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti shuningdek, Trampni mamlakatga taklif qildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 noyabr kuni Donald Trampga AQSh prezidenti saylovida g‘alaba qozonib, ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Sizni Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti lavozimiga saylanganingiz munosabati bilan chin dildan samimiy muborakbod etib, o‘zimning qizg‘in tabriklarimni va eng ezgu tilaklarimni yo‘llashdan behad mamnunman.
Saylovlardagi ishonchli g‘alabangiz Sizdek boy tajribali va mohir siyosatchining AQShni xalqaro maydondagi nufuzi va iqtisodiy qudratini oshirish, global taraqqiyot va farovonlikni ta’minlashga qaratilgan dastur va rejalaringiz Amerika xalqi tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanganini yana bir bor yaqqol tasdiqladi, deyli Mirziyoyev tabrigida.
Shuniingdek Mirziyoyev aynan Donald Trampning ilk prezidentlik davrida, 2018 yil may oyida Oq uyda o‘tkazgan sermahsul muzokaralardan keyin O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi davri boshlanganini alohida ta’kidlagan.
Mirziyoyev O‘zbekiston bundan keyin ham Trapm boshchiligidagi AQSh Administratsiyasi bilan do‘stona aloqalarni izchil davom ettirishga, oliy va yuqori darajada erishilgan barcha kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishdan manfaatdor ekanini urg‘ulagan.
Shuningdek, “S5+1” platformasi va “Markaziy Osiyo davlatlari bilan AQSh o‘rtasida savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli Bitimi” doirasida mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish tarafdorimiz.
Aminmanki, birgalikdagi qat’iy sa’y-harakatlarimiz bilan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, xavfsizlik, bank-moliya, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, raqamlashtirish, innovatsiya, ta’lim va boshqa sohalardagi sherikligimiz qo‘shma loyihalar bilan samarali boyib boraveradi, deyiladi tabrikda.
Shuningdek, O‘zbekiston yetakchisi kelgusida Afg‘onistonda barqaror tinchlikni ta’minlash va uning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo‘shish o‘zaro hamkorligning ajralmas qismiga aylanishiga ishonch bildirdi.
Uzoq muddatli va keng qamrovli munosabatlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Siz, Janobi Oliylarining O‘zbekistonga rasmiy tashrifingizni kutib qolamiz, deydi O‘zbekiston prezidenti tabrigida.
Мавзуга оид хабарлар:
Bitkoin kursi rekord darajada oshib ketdi Tramp muhojirlarni ommaviy deportatsiya qilmoqchi Tramp o‘zini AQShning 47-prezidenti deb e’lon qildi Alisher Usmonov Qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga qayta saylanishi mumkin Saylovda bir kishiga Saylovda bir kishiga bir necha byulleten bergan komissiya a’zosi sudlandi