26 Avgust 2024, 12:30 Jahon, Oʻzbekiston

Rossiyada qarovsiz qolgan 9 nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi

Bolalar ombudsmani shu kunlarda 31 nafar bola vatanga qaytarilganini ma’lum qildi.

Rossiyada qarovsiz qolgan 9 nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi

Shu kunlarda Rossiyaning turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 31 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda bolalar ombudsmani.

Ma’lum qilinishicha, bolalar ombudsmani o‘zining xorijiy hamkasbi — Rossiya Bolalar ombudsmani M.Lvova-Belovaga yuborgan so‘rovida qarovsiz qoldirilgan voyaga yetmagan bolalarni hozirda O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilayotgani, O‘zbekiston mas’ul idoralari vakillari tomonidan bolalarni vatanga qaytarilgunga qadar, ularni hozirda Rossiyada yashab turgan hududlaridagi bolalar muassasalarida vaqtincha joylashtirilishida tezkor amaliy yordam so‘ragan.

O‘zbekiston Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra, Rossiya Bolalar ombudsmanining tezkor choralari natijasida mazkur masalada zarur ko‘mak ko‘rsatildi va ular joylashgan hududlarda bolalar uchun qulay va munosib shart-sharoit ta’minlandi.

25-avgust kuni 9 nafar bola, bundan avval 22 nafar bola (13 nafari — Sankt-Peterburg shahridan, 9 nafari — Moskva shahridan, 8 nafari — Novosibirsk shahridan, 1 nafari — Qozon shahridan olib kelingan) Ichki ishlar vazirligi vakillari hamrohligida qaytarildi.

Mashhur yangiliklar