29 Oktabr 2024, 13:53 Jahon, Oʻzbekiston

Rossiyada o‘zbekistonlik yigitning jasadi topildi

Sankt-Peterburg shahridagi kvartirada o‘zbekistonlik yigitning jasadi topildi.

Rossiyada o‘zbekistonlik yigitning jasadi topildi

Sankt-Peterburg shahri Peyzajniy ko‘chasidagi uy kvartirasidan 19 yoshli asli o‘zbekistonlik yigitning jasadi topildi. Bu haqda “Fontanka” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 27-oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Marhum yurak qismida pichoq jarohati bilan aniqlangan. Politsiyaga hodisa haqida tungi soat 01:30 larda xabar kelib tushgan. Voqea joyida o‘zbekistonlik yigitning jasadi topilgan. U voyaga yetganidan ikki hafta o‘tgach, Rossiya pasportini olgan.

Kvartirada 20 yoshli peterburglik qiz ham bo‘lgan. U huquq-tartibot idoralariga 26-oktyabr kuni yigit bilan kvartirani ijaraga olgani va kechqurun spirtli ichimlik ustida kelajak rejalarini muhokama qilganini aytgan. Taxminlarga ko‘ra, qiz u bilan yashamasligini ma’lum qilgan. Peterburglik qizning onasi voqeani tasdiqlagan, ammo tafsilotlar haqida gapirishdan bosh tortgan. Hozirda politsiya voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Mashhur yangiliklar