28 Oktabr 2024, 18:07 Jahon, Oʻzbekiston

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak urib ketgan piyoda vafot etdi

Leningrad viloyatida O‘zbekiston fuqarosi 37 yoshli erkakni urib yubordi, jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘lgan.

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak urib ketgan piyoda vafot etdi

Rossiyaning Leningrad viloyatida 48 yoshli o‘zbekistonlik erkak mashinasida piyodani bosib ketdi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Hodisa 27-oktyabr kuni Volxov tumani “Podyezd Novaya Ladoga” avtoyo‘lining yoritilmagan qismida sodir bo‘lgan. O‘zbekiston fuqarosi mahalliy vaqt bilan soat 21:15 da Daewoo Matiz avtomobilida 37 yoshli erkakni urib yuborgan.

Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mashhur yangiliklar