Rossiyada migrantlar uchun imtihon narxlari belgilandi
Rossiyada migrantlar uchun imtihonlarning yagona narxlari belgilab qo‘yildi.
Rossiyaning Fan va oliy ta’lim vazirligi migrantlar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihonlarning yagona narxini belgilashni taklif qildi. Tegishli qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida e’lon qilindi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, vazirlik quyidagi yagona narxlarni taklif qilmoqda:
- fuqarolik olish uchun rus tili imtihoni — 2950 rubl;
- fuqarolik olish uchun tarix va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon — 2950 rubl;
- vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi (RVP) yoki yashash guvohnomasi (VNJ) olish uchun rus tili, tarix va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon — 5900 rubl;
- ishlashga ruxsatnoma yoki patent olish uchun rus tili, tarix va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon — 3800 rubl.
Hozirda mazkur imtihonlar uchun yagona narx belgilanmagan. Imtihon o‘tkazuvchi tashkilot ushbu xizmatlar narxini o‘zi belgilaydi. Bu imtihon o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq to‘g‘ridan to‘g‘ri xarajatlar, bilvosita xarajatlar va qo‘shimcha qiymat solig‘ini o‘z ichiga oladi.
Xizmat narxining maksimal miqdori ham belgilangan. U hozirda Fan va oliy ta’lim vazirligi tomonidan doimiy narx sifatida belgilash taklif etilayotgan miqdorlar bilan deyarli bir xil: vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi (RVP) yoki yashash guvohnomasi (VNJ) uchun — 5900 rubl, ish ruxsatnomasi yoki patent uchun — 3800 rubl.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi O‘zbekistonlik erkak Rossiyada odam o‘g‘irlab, pul talab qilishda ayblanmoqda YouTube Rossiyada cheklovlarsiz ishlay boshladi Buxoro amirligi davriga oid tangalar xorijga olib chiqilishining oldi olindi Rossiyada migrantlar uy ijaraga olishi qiyinlashadi