Rossiyada go‘sht narxi oshishi kutilmoqda
Masʼullar mamlakatda oziq-ovqat bilan bog‘liq hech qanday tanqislik bo‘lmasligini taʼkidlamoqda.
Rossiya Davlat dumasi mamlakatda go‘sht narxi oshishidan ogohlantirdi. Bu haqda “Govorit Moskva” xabar berdi.
Raqobatni himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sergey Lisovskiyga ko‘ra, bu go‘sht mahsulotini qayta ishlash va mamlakat bo‘ylab yetkazib berishdagi katta xarajatlar bilan bog‘liq.
Ehtimol, bu yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlardir: chorvachilik, go‘shtni qayta ishlash, chunki go‘sht ishlab chiqarish juda katta xarajatlarni, zamonaviy texnologiyalarni talab qiladi. Bizning monopolist xizmatlarimiz, masalan, gaz, energetika, transport, xususan, Rossiya temiryo‘llari orqali yuk tashishning bari qimmatlashmoqda. Tabiiyki, bir necha oy ichida bu narxga ta’sir qiladi.
Shuning uchun oziq-ovqat narxlarining o‘sishini to‘xtatish uchun, eng avvalo, monopolistlarimizning ishtahasini cheklash kerak. Lekin, afsuski, ularni hech kim cheklamaydi, keyin esa bizda oziq-ovqat narxi oshayotganiga hamma hayron qoladi. Tanqislik bo‘lmaydi. Rossiya yetarli darajada ko‘p oziq-ovqat ishlab chiqaradi. Bizda hech qanday muammo bo‘lmaydi, dedi Sergey Lisovskiy.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi O‘zbekistonlik erkak Rossiyada odam o‘g‘irlab, pul talab qilishda ayblanmoqda YouTube Rossiyada cheklovlarsiz ishlay boshladi Buxoro amirligi davriga oid tangalar xorijga olib chiqilishining oldi olindi Rossiyada migrantlar uy ijaraga olishi qiyinlashadi