14 Avgust 2024, 17:56 Jahon

Quyoshda yangi kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Quyoshning Yerga qaragan tomonida yangi X darajali kuchli chaqnash qayd etildi.

Quyoshda yangi kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi rahbari Sergey Bogachev Quyoshning Yerga qaragan tomonida yangi X darajali kuchli chaqnash sodir bo‘lganini maʼlum qildi.

Quyoshda yangi X darajali chaqnash paydo bo‘ldi. Quyosh-Yer chizig‘ida kosmik kuzatuv ma’lumotlari va dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, eng yuqori darajadagi yangi portlash qayd etilgan. Portlash darajasi X1.1 ni tashkil qiladi, deydi olim.

Avgust oyi boshida Yerda sodir bo‘lgan magnit bo‘roni besh ko‘rsatkichli monitoring shkalasi bo‘yicha “kuchli” deb baholangan G3 ning yuqori darajasiga yetgandi.

Bu daraja Yerdagi energiya tizimlarida muammolar, jumladan, xavfsizlik tizimlarida noto‘g‘ri signallar paydo bo‘lishi mumkinligini anglatadi. Hozirda Yer sayyorasiga Quyoshdan yangi magnit bo‘ronlari yopirilishi xavfi bor.

Mashhur yangiliklar