25 Oktabr 2024, 11:23 Jahon

Quyoshda toʻrtta kuchli chaqnash sodir boʻldi

Quyoshda sodir bo‘lgan kuchli chaqnash Yerda magnit bo‘ronini yuzaga keltirishi mumkin.

Quyoshda toʻrtta kuchli chaqnash sodir boʻldi

Quyoshda X3.3 sinfidagi kuchli chaqnash sodir boʻldi. Bu akademik Yevgeniy Fyodorov nomidagi Amaliy geofizika instituti xabar berdi.

3868 (S16E76) dogʻlar guruhidagi rentgen diapazonida X3.3 chaqnashi sodir boʻldi va u 44 daqiqa davom etdi. Chaqnash qisqa toʻlqinli radioaloqaning qisman uzilishiga olib keldi, — deyiladi xabarda.

Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir boʻlinmasi Quyosh-Yer fizikasi institutining maʻlumotlariga koʻra, 24-oktyabr kuni Quyoshda toʻrtta chaqnash sodir boʻlgan — ularning oxirgisi “qizil” darajada, qolganlari kuchsiz.

Ekspertlarning prognozlariga koʻra, 25-oktyabr kuni tonggi soat 06:00 dan kun yarmigacha kuchsiz magnit boʻroni kuzatilishi mumkin.

Oktyabr boshidan beri Quyoshda toʻrtta kuchli chanqash sodir boʻldi. Ushbu hodisalar rentgen nurlanishining kuchiga qarab sinflarga (A, B, C, M va X) ajratiladi. Eng kichik sinf — A0.0 boʻlib, u Yer orbitasida 1 metr kvadrat uchun 10 nVt radiatsiya kuchiga toʻgʻri keladi. Chaqnashlar oqibatida odatda plazma ajraladi. Ular Yerga qadar yetib kelishi va magnit boʻronlarini hosil qilishi mumkin.

Magnit boʻronlarining eng kuchli taʻsirini elektron apparatlar, asosan, sunʻiy yoʻldoshlar, kosmik stansiyalardagi texnika va uskunlar “his qiladi”. Yerdagi sezgir elektron qurilmalar faoliyati ham buzilishi mumkin.

Mashhur yangiliklar