8 Avgust 2024, 18:29 Jahon, Oʻzbekiston

Ostonada Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi

Qozog‘iston prezidenti buni “qozoq xalqining o‘zbek xalqiga bo‘lgan alohida hurmati ramzi” deb atadi.

Ostonada Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev Ostona shahrida Alisher Navoiy haykalini ochib berdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Buyuk faylasuf va insoparvar shoir Alisher Navoiyning ijodiy merosi nafaqat o‘zbek xalqiga, balki butun dunyoga tegishli noyob boylikdir. Navoiy asarlari XVI asrdayoq italyan va nemis tillariga tarjima qilingan bo‘lsa, bugungi kunda dunyoning deyarli barcha tillarida yangramoqda. Asrlar davomida hayotning o‘ziga xos ensiklopediyasi bo‘lgan uning ijodi millionlab insonlarni hayratga solib, ruhlantirib kelmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Haykali Toshkentning markaziy maydonlaridan birini bezab turgan qozoq xalqining buyuk farzandi, qozoq adabiyotining mumtoz namoyandasi Abay Qo‘nonboyev Sharqning boshqa buyuk shoirlari qatori Alisher Navoiyni ham o‘zining ustozi deb bilgani qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, 2020-yilda marhum qozoq shoiri Nesipbek Aytuli Alisher Navoiyning eng muhim asari — “Xamsa”ni qozoq tiliga tarjima qilib, nashr etdi va ushbu kitobga so‘zboshi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev tomonidan yozilgan.

Ishonchim komilki, Alisher Navoiy haykali ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik rishtalarining yana bir yorqin ramziga aylanadi, uning merosi esa yana ko‘plab avlodlarni buyuk yutuqlarga ilhomlantiradi, dedi O‘zbekiston prezidenti.

Мавзуга оид хабарлар:

Mashhur yangiliklar