Oʻzbekistonning Shveysariyadagi yangi elchisi tayinlandi
Dilshod Axatov Oʻzbekistonning Shveysariyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.
Dilshod Axatov 25-oktyabr kuni Shveysariya prezidenti Viola Amerdga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Uchrashuvda Prezident soʻnggi yillarda mamlakatlar oʻrtasida yuqori darajadagi ikki tomonlama aloqalar sezilarli faollashganini taʼkidlagan. U Shveysariya hukumati Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qilgan.
Viola Amerd shuningdek, foydali qazilmalarni oʻzlashtirish, “yashil” iqtisodiyot, “yashil” energetika, suv va energiyani tejash texnologiyalarini joriy qilish, iqlim oʻzgarishi va ekologiya muammolari oqibatlarini bartaraf qilish, kasbiy taʼlim tizimida Shveysariya dual taʼlim modelini joriy qilish borasida hamkorlikka tayyorligini qayd etgan.
Aytish joiz, Dilshod Axatov 2023-yilning oktyabr oyida Oʻzbekistonning GFRdagi elchisi sifatida Germaniya Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga ishonch yorliqlarini topshirgandi.
Shu tariqa, Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchisi Shveysariyada ham (qarorgohi Berlin shahrida) mamlakatning rasmiy vakili hisoblanadi. Axatov Berlinga tayinlanganiga qadar 2020-2023-yillar Oʻzbekistonning Hindistondagi elchixonasiga rahbarlik qilgan.
U 2010-2013-yillarda Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchisi, shuningdek, Shveysariya, Chexiya, Shvetsiya va Ispaniyada oʻrindoshlik asosida elchi boʻlib ishlagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi O‘zbekistonning Afg‘onistondagi yangi elchisi tayinlandi O‘zbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi tayinlandi O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi tayinlandi