28 Sentabr 2024, 19:24 Jahon, Oʻzbekiston

O‘zbekistonliklar ko‘proq qaysi davlatga o‘qishga ketyapti?

O‘tgan 8 oyda jami 25,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish maqsadida chet elga borgan.

O‘zbekistonliklar ko‘proq qaysi davlatga o‘qishga ketyapti?

O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p o‘qish maqsadida Tojikistonga boryapti. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024 yilning yanvar-avgust oylarida jami 25,8 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga borgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 602 nafarga yoki 2,4 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida o‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

  • Tojikiston — 10 701 nafar;
  • Rossiya — 6 032 nafar;
  • Qirg‘iz Respublikasi — 2 408 nafar;
  • Turkiya — 1 640 nafar;
  • Janubiy Koreya — 1 383 nafar;
  • Qozog‘iston — 1 102 nafar;
  • Xitoy — 507 nafar;
  • Buyuk Britaniya — 475 nafar;
  • AQSH — 355 nafar;
  • BAA — 238 nafar;
  • boshqa davlatlar — 974 nafar.

Mashhur yangiliklar