23 Oktabr 2024, 17:10 Jahon, Oʻzbekiston

O‘zbekistonga 9 oyda qancha turist kelgani maʻlum qilindi

Statistika agentligi O‘zbekistonga 2024-yilning o‘tgan 9 oyida qancha turist kelganini ochiqladi.

O‘zbekistonga 9 oyda qancha turist kelgani maʻlum qilindi

O‘zbekistonga 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 5,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 825,8 ming nafarga yoki 16,8 foizga oshgan.

Turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

  • Tojikiston – 1,6 mln nafar;
  • Qirg‘iz Respublikasi – 1,6 mln nafar;
  • Qozog‘iston – 1,1 mln nafar;
  • Rossiya – 609,7 ming nafar;
  • Turkmaniston – 120,4 ming nafar;
  • Turkiya – 84,3 ming nafar;
  • Xitoy – 50,4 ming nafar;
  • Hindiston – 48,6 ming nafar;
  • Janubiy Koreya – 32,6 ming nafar;
  • Italiya – 30,3 ming nafar;
  • boshqa davlatlar – 311,9 ming nafar.

Mashhur yangiliklar