29 Oktabr 2024, 12:07 Jahon, Oʻzbekiston

Oʻzbekistondan Rossiyaga eksport qilingan pomidorlarda virus aniqlandi

Zararlangan mahsulotlar eksportchining qarori bilan yoʻq qilingan.

Oʻzbekistondan Rossiyaga eksport qilingan pomidorlarda virus aniqlandi

Oʻzbekistondan Rossiyaga eksport qilingan pomidorlarda virus aniqlandi. Bu haqda Rossiyaning Veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 25-oktyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi yuklarni vaqtinchalik saqlash omboriga Oʻzbekistondan eksport qilingan 1,3 tonna pomidorda “Jigarrang bujmayish virusi“ borligi aniqlangan.

Mazkur virus mavjudligi Yekaterinburgdagi FGBU (Butunrossiya Oʻsimliklarni Himoya qilish Ilmiy-Tadqiqot Instituti) tomonidan oʻtkazilgan laboratoriya tadqiqotlari natijalari bilan tasdiqlangan.

Shu boisdan xavfli virusning Rossiyaga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida zararlangan mahsulotlar eksportchining qarori bilan yoʻq qilingan.

Mashhur yangiliklar