O‘zbekistonda XMTning yana bir konvensiyasi ratifikatsiya qilindi
Bu orqali ttashkilotning ratifikatsiya qilingan konvensiyalari soni 25 taga yetdi.
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Xalqaro mehnat tashkilotining Haq to‘lanadigan ta’tillar to‘g‘risidagi 132-sonli konvensiyasi (1970-yilda qayta ko‘rib chiqilgan) ratifikatsiya qilindi.
Ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 27-avgustda qabul qilinib, Senat 24-oktyabrda ma’qullagandi.
Hujjat haq to‘lanadigan yillik asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi 21 kalendar kundan iborat ekani hamda qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lgan barcha xodimlar uchun qo‘llanishi bo‘yicha bayonot bilan ratifikatsiya qilindi.
Konvensiyaning asosiy maqsadi — xodimlarga dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun ish o‘rni (lavozimi), o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan hamda xodim ishdan ozod etilgan holda har ish yili davomida beriladigan ta’tillarni ta’minlashdan iborat.
Bugungi kunga qadar konvensiya 75 ta davlat, shu jumladan, MDHga aʼzo davlatlar orasida Rossiya, Belarus, Ukraina, Tojikiston Qozog‘iston va Ozarbayjon tomonidan ratifikatsiya qilingan.
Konvensiyada mehnat faoliyati jarayonida va ishlab chiqarish muhitida mehnat xavfsizligi va gigiyenasini taʼminlash, shu jumladan, ish joyida yoki ish vaqtida ishchi va xodimlarning sog‘lig‘iga zarar yetishi bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalar yoxud xavflarning oldini olishga qaratilgan talablarni yanada kuchaytirish nazarda tutilgan.
Senat majlisida konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi kelgusida sohadagi milliy qonunchilikni hamda Xalqaro mehnat tashkilotining hujjatlarida belgilangan mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga oid meʼyorlarni takomillashtirishga, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonidagi baxtsiz hodisalar, kasbiy kasalliklar, ish vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olishga qaratilgan xalqaro standartlarni samarali joriy etishga xizmat qilishi ta’kidlangandi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ma’lum qilishicha, Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilingan konvensiyalari soni 25 taga yetdi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonning Kubadagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi O‘zbekistonliklar Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi O‘zbekistonga 10 oyda qancha turist kelgani maʼlum qilindi