27 Sentabr 2024, 13:10 Jahon, Oʻzbekiston

Oʻzbekiston yana bir Afrika davlati bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi

Oʻzbekiston 153-davlat — Botsvana (Janubiy Afrika) bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi.

Oʻzbekiston yana bir Afrika davlati bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi

Nyu-York shahrida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va uning botsvanalik (Janubiy Afrika) hamkasbi Lemogang Kvape ikki mamlakat oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida qoʻshma kommyunikeni imzoladi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV rahbari oʻz Telegram kanalida maʼlum qildi.

Bu orqali Botsvana Oʻzbekiston bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan 153-davlat boʻldi.

Botsvanani yillar davomida jadal iqtisodiy oʻsishga erishib kelayotganini yuksak baholaymiz. Ikki mamlakat davlat va xususiy sektor vakillari oʻrtasida faol hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldik, deb yozdi Baxtiyor Saidov.

Mashhur yangiliklar