O‘zbekiston Shveysariyadan ikkita poyezd sotib oladi
O‘zbekiston Shveysariyaning Stadler kompaniyasidan ikkita poyezd sotib oladi.
O‘zbekiston Yevropaning Stadler kompaniyasidan ikkita harakatlanuvchi tarkib xarid qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 30-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Senatning ellik sakkizinchi yalpi majlisida transport vaziri Ilhom Mahkamov ma’lum qildi.
Ilhom Mahkamovning aytishicha, “O‘zbekiston-2030” rivojlanish strategiyasida har yili harakat tarkiblarini yangilash belgilangan.
Kupe, platskart yo‘nalishida va o‘rindiqli harakat tarkiblarini xarid qilish uchun alohida dastur qilingan. Bunda O‘zbekiston bo‘ylab 5 soatgacha bo‘lgan yo‘nalishlarda elektropoyezdlarni xarid qilish ko‘zda tutilgan.
Joriy yilda Xivaga qadar temiryo‘l tizimini elektrlashtirish yakuniga yetkaziladi. U yo‘nalishda xarid qilinadigan Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem harakat tarkiblari yo‘lga qo‘yiladi. Bu, albatta, hamma talablarga javob beradigan harakat tarkiblari. Bundan tashqari Yevropaning Shtadler kompaniyasidan ikkita harakat tarkibi xarid qilinmoqda. Bu O‘zbekiston yo‘llarida ko‘rib, ishlatilganidan so‘ng, uni kattaroq ko‘lamda son jihatdan ko‘proq xarid qilish qarori qabul qilinadi, dedi transport vaziri
Мавзуга оид хабарлар:
2025-yilda metro uchun yana 26 ta poyezd xarid qilinadi O‘zbekistonning Kubadagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi O‘zbekistonliklar Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi