26 Sentabr 2024, 11:57 Jahon, Oʻzbekiston

O‘zbekiston Burundi bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi

Burundi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 152-davlat bo‘ldi.

O‘zbekiston Burundi bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi

O‘zbekiston Burundi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram kanalida yozdi.

Vazir Burundi tashqi ishlar, taraqqiyot va hamkorlik vaziri Albert Shingiro bilan birgalikda BMT bosh qarorgohida tegishli qo‘shma kommyunikeni imzoladi.

Ushbu hujjat mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini yuzaga chiqarishda poydevor bo‘lib xizmat qiladi, deya ta’kidladi u.

Bu orqali Burundi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 152-davlat bo‘ldi.

Mashhur yangiliklar