Moskvadagi vaqtincha saqlash markazidan 4 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi
Moskva shahridagi voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazidan 4 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.
Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Moskva shahri Bosh boshqarmasining Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazi tomonidan tegishli bitimga muvofiq to‘rt nafar voyaga yetmagan shaxs O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, voyaga yetmaganlarning oilalari oldindan o‘rganib chiqilgan bo‘lib, ularning og‘ir turmush sharoitida qoldirilganligi baholanmoqda.
Keyinchalik ularga bolaning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda psixologik yordam, huquqiy maslahatlar, o‘qishga yoki ishga joylashtirish va boshqa xizmatlarni o‘z ichiga olgan kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi, deyiladi agentlik axborotida.
Ma’lumot uchun, avgust-sentyabr oylarida xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 34 nafar bola O‘zbekiston Respublikasiga qaytarildi. O‘tgan davr mobaynida jami 89 nafar O‘zbekistonning voyaga yetmagan fuqarolari qaytarildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ularga o‘zlarining yashash manziliga yaqin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bir qator ijtimoiy xizmatlar, jumladan, bolalarning o‘zlari va ularning oila a’zolariga psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga yo‘naltirildi AQShda qancha o‘zbekistonlik talaba tahsil olayotgani aytildi Turkiyada qarindoshi tomonidan fohishalikka majburlangan qiz O‘zbekistonga qaytarildi