Moskva aeroportida O‘zbekiston fuqarosining yuklari ichidan radioaktiv haykalcha topildi
Moskvaning Vnukovo aeroportida radioaktiv haykalchani olib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik to‘xtatildi.
Moskvaning Vnukovo aeroportida tank shaklidagi radioaktiv haykalchani olib oʻtmoqchi boʻlgan odam toʻxtatildi, deb xabar berdi Rossiya Federal bojxona xizmatiga tayanib RBK.
Tank haykalchasi Vnukovo bojxonachilari tomonidan 2024 yil 19 yanvar kuni Toshkentdan kelgan Oʻzbekiston fuqarosida borligi aniqlangan, deyiladi xabarda.
Qayd qilinishicha, erkak “yashil yoʻlak”dan oʻtganida “Yantar” radiatsiya monitoring tizimi ishga tushgan. Koʻzdan kechirish chogʻida bojxonachilar shaxsiy buyumlar ichida joylashgan sariq rangli metalldan yasalgan tank shaklidagi haykalcha topgan. Unga oʻrnatilgan soat yuzasida radioaktiv nurlanishning dozasi quvvati 6,16 mkZv/soatni tashkil etgan, bu meʼyordan 56 baravar yuqori.
Taxminlarga koʻra, haykalchada radiy-226 radioaktiv moddasi mavjud. Haykalcha olib qoʻyilgan va radioaktiv chiqindilar bilan ishlashga ixtisoslashgan “Radon” kompaniyasi mutaxassislariga saqlash uchun topshirilgan.
Ish materiallari Ichki ishlar vazirligiga yuborilgani taʼkidlanmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga yo‘naltirildi AQShda qancha o‘zbekistonlik talaba tahsil olayotgani aytildi Turkiyada qarindoshi tomonidan fohishalikka majburlangan qiz O‘zbekistonga qaytarildi O‘zbekistonlik erkak Rossiyada odam o‘g‘irlab, pul talab qilishda ayblanmoqda