Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston TIV rahbari Lyuksemburgning mamlakatdagi birinchi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Lyuksemburgning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Tom Rayzenni qabul qildi.
Tom Rayzen janoblarini Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi Elchisi etib tayinlangani bilan tabriklaymiz. Darhaqiqat, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini o‘rganish va hayotga tatbiq etish uchun Tashqi ishlar vazirliklari birgalikda sa’y-harakatlarni kuchaytirishi lozim.
Ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, savdo ko‘lamini oshirish uchun barcha sharoitlarni yaratish, munosabatlarimizning huquqiy asoslarini takomillashtirish va boshqa masalalar bugungi kun tartibidan o‘rin oldi. Janob Elchiga yurtimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz, deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida.
O‘zbekiston va Lyuksemburg o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 10 iyunda o‘rnatilgan.
16 oktyabr kuni Nikaragua va Ugandaning birinchi elchilari O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan edi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi Oʻzbekistonning Shveysariyadagi yangi elchisi tayinlandi O‘zbekistonning Afg‘onistondagi yangi elchisi tayinlandi O‘zbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi tayinlandi O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi tayinlandi