14 Oktabr 2024, 16:10 Jahon

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

Laureatlarni taqdirlash marosimi 10-dekabr kuni — Alfred Nobelning vafot etgan sanasida o‘tkaziladi.

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi iqtisodiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofotiga Massachusets texnologiyalar instituti professorlari Daron Ajemo‘g‘li va Saymon Jonson hamda Chikago universiteti professori Jeyms Robinsonni loyiq topdi.

Asosiy nominatsiyalardan farqli ravishda ushbu mukofotni Alfred Nobel xotirasiga atab Shvetsiya milliy banki ta’sis etgan. Mukofot iqtisodiyot sohasidagi yutuqlar uchun beriladi.

Mukofot olimlarga institutlar qanday shakllanishi va ularning farovonlikka ta’sirini o‘rganish yo‘nalishidagi ishlari uchun berildi.

Endilikda Nobel-2024 haftasini yopiq deb e’lon qilish mumkin. Laureatlarni taqdirlash marosimi 10-dekabr kuni — Alfred Nobelning vafot etgan sanasida o‘tkaziladi.

Mashhur yangiliklar