31 Avgust 2024, 13:38 Jahon

Germaniya yana afg‘onistonliklarni deportatsiya qilishni boshladi

Ularning barchasi Germaniya qamoqxonalarida turli jinoyatlar bilan jazo o‘tagani aytildi.

Germaniya yana afg‘onistonliklarni deportatsiya qilishni boshladi

Germaniya Afg‘onistondan kelgan jinoyatchilarni o‘z mamlakatiga deportatsiya qilishni qaytadan boshladi, deb xabar bermoqda Reuters. Germaniya hukumati 2021-yilda “Tolibon” hokimiyatni qo‘lga kiritganidan beri inson huquqlari ahvoli yomonlashgani sababli afg‘onistonliklarni vataniga deportatsiya qilishni to‘xtatgandi.

Spiegel’ning aniqlik kiritishicha, 28 nafar mahkum afg‘onistonlik 30-avgust kuni ertalab Qatar Airways charter reysida Leypsigdan Kobulga uchgan. Ularning barchasi Germaniya qamoqxonalarida turli jinoyatlar: talonchilikdan tortib badanga og‘ir shikast yetkazish va zo‘rlashgacha bo‘lgan ayblovlar bilan jazo o‘tagan.

Biz bu haqda ko‘p gapirmay, [deportatsiyaga] puxta tayyorgarlik ko‘rdik, dedi Germaniya kansleri Olaf Shols matbuot anjumanida.

Bayonotda hukumat “asosiy mintaqaviy hamkorlarga” qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildirdi va yangi deportatsiyalar ustida ishlayotganini aytdi. Rasmiylar aynan kim hamkor ekanini aytmadi, deya aniqlik kiritadi Reuters.

Mashhur yangiliklar