28 Avgust 2024, 16:00 •Jahon
Endilikda Tojikistonda folbinga borganlar ham jazolanadi
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi mamlakatda jodugarlik va folbinlikka qarshi kurashishning yangi usulini e’lon qildi.
Endilikda Tojikistonda nafaqat jodugar va folbinlar, balki ularga murojaat qilayotgan fuqarolarga nisbatan ham chora ko‘radi.
O‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar natijasida folbin va jodugarlarga murojaat qilayotgan fuqarolar ularning xizmatlarini to‘lab, bu faoliyatni rivojlantirayotgani aniqlandi, deyiladi Tojikiston Ichki ishlar vazirligi xabarida.
Birgina iyul oyida vazirlikda 150 dan ortiq shunday shaxs ro‘yxatga olingan va ularga nisbatan qonunga muvofiq choralar ko‘riladi.
Sehrgarlik xizmatlari so‘rab murojaat qilgan barcha shaxslar IIVning hududiy organlariga chaqiriladi, ularga nisbatan tegishli bayonnomalar tuzilib, ma’lumotlari va fotosuratlari idora ma’lumotlar bazasiga kiritiladi, deya ta’kidlanadi vazirlik xabarida.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonliklar Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi O‘zbekistonga 10 oyda qancha turist kelgani maʼlum qilindi Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi Tojikistonda Counter Strike va GTA o‘ynash taqiqlandi O‘zbekistonga 9 oyda qancha turist kelgani maʻlum qilindi
Soʻnggi yangiliklar
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi
23 Noyabr 2024, 12:33Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi
23 Noyabr 2024, 11:48Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi
23 Noyabr 2024, 11:06“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi
23 Noyabr 2024, 10:02Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
23 Noyabr 2024, 09:11“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi
23 Noyabr 2024, 08:2723-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24