ChatGPT 30 daqiqa ishlamay qoldi
ChatGPT ishida qisqa uzilish sodir bo‘ldi
OpenAI kompaniyasiga tegishli ChatGPT chatboti faoliyatida uzilishlar sodir boʻldi va bu minglab foydalanuvchilarga taʻsir koʻrsatdi, deb xabar beradi Reuters. Taʻkidlanishicha, qisqa uzilishlardan keyin chatbot faoliyati tiklangan.
ChatGPT bilan bogʻliq muammolar hal etildi deyiladi OpenAI bayonotida.
OpenAI bosh direktori Sem Altman X ijtimoiy tarmogʻiga ChatGPT 30 daqiqa ishlamay qolganini yozib, xafa boʻlgan smaylik qoldirdi: “Ishonchlilik nuqtayi nazaridan avvalgiga qaraganda ancha yaxshimiz, lekin bizni oldinda koʻp ishlar kutmoqda”.
Uzilishlarni kuzatish bilan shugʻullanuvchi Downdetector.com saytiga koʻra, ChatGPT servislari bir soatga yaqin ishlamagan va bu 19,4 mingdan ortiq foydalanuvchiga taʻsir koʻrsatgan.
ChatGPT 2022-yil noyabrda ishga tushirilganidan beri haftasiga 250 million faol foydalanuvchini oʻziga jalb qildi. 2021-yilda OpenAI qiymati 14 milliard dollardan 157 milliard dollarga chiqib ketdi, daromadi esa noldan 3,6 milliard dollarga yetdi.
Мавзуга оид хабарлар:
ChatGPT’da Search qidiruv tizimi ishga tushirildi