Avstraliya o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlamoqchi
Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlovchi qonun kuchga kirishi mumkin.
Avstraliya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini butunlay taqiqlashni taklif qilib, buni tartibga solish sohasida jahon standartini o‘rnatmoqchi, deb xabar bermoqda Reuters. Bosh vazir Entoni Albaneze qonun loyihasi kelgusi yildan qabul qilinishi mumkinligini bildirdi.
Avstraliya hukumati bolalarning Instagram, TikTok, Facebook va X kabi tarmoqlarga kirishini bloklash uchun yoshni tekshirish bo‘yicha tajriba loyihasini ishga tushirdi. Sentabrda tarmoqlarga kirishini taqiqlovchi qonun tayyorlayotganini ma’lum qilingandi.
Bu ijtimoiy tarmoqlarning o‘smirlar, xususan, tashqi qiyofa masalasida bosimga uchraydigan qizlar va mizoginistik kontentga duch keladigan o‘g‘il bolalarning ruhiy va jismoniy salomatligiga salbiy ta’siriga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuining bir qismidir.
Ijtimoiy tarmoqlar bolalarimizga zarar yetkazmoqda va men bunga chek qo‘yishni e’lon qilaman, dedi Albaneze.
Qonun loyihasi ota-onalar roziligi bilan yoki allaqachon ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar uchun ham istisnolarni ifoda etmaydi.
Hujjat loyihasini joriy yilda parlament muhokamasiga kiritish rejalashtirilgan. Agar u qabul qilinsa, cheklovlar loyiha tasdiqlangandan keyin bir yil o‘tgach kuchga kiradi. Avstraliya dunyoda birinchi bo‘lib yosh chegarasiga samarali rioya qilish uchun biometrik yoki davlat hujjatlaridan foydalangan holda yosh tekshiruvini joriy etishni rejalashtirmoqda.
Aloqa vaziri Mishel Roulendning ta’kidlashicha, “bolalarni himoya qilish mas’uliyati ota-onalar yoki o‘smirlarning o‘ziga emas, balki platformalarga tushadi”.
Google, Meta, TikTok va X manfaatlarini ifodalovchi Avstraliya raqamli sanoat assotsiatsiyasi (DIGI) bolalarni ijtimoiy tarmoqlardan izolyatsiya qilish ularni xavfsiz bo‘lmagan va tartibga solinmagan platformalarga olib kelishi mumkinligidan xavotir bildirdi.
Biz yoshlarning internetdagi xavfsizligi muhimligini tushunamiz, ammo o‘smirlar uchun taqiq — zamonaviy muammolar uchun o‘tgan asrdagi yechim, dedi DIGI rahbari Sunita Bose.
Uning qo‘shimcha qilishicha, xavfsiz makonlarni yaratish va raqamli savodxonlikni rivojlantirish bilan yanada muvozanatli yondashuv samaraliroq bo‘lardi.
Мавзуга оид хабарлар:
Layk uchun otasini urishini aytgan 24 yoshli yigit nazoratga olindi TikTok АҚШ ҳукуматини судга берди