27 Iyul 2024, 17:05 Jahon, Oʻzbekiston

AQShdagi YTHda o‘zbekistonlik 38 yoshli trakchi vafot etdi

AQShda sodir bo‘lgan ayanchli yo‘l-transport hodisasida o‘zbekistonlik 38 yoshli erkak vafot etdi.

AQShdagi YTHda o‘zbekistonlik 38 yoshli trakchi vafot etdi

22 iyul ertalabki 8:30 atrofida AQShda ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Buning natijasida 38 yashar o‘zbekistonlik Jamoliddin Tohirov vafot etgan.

Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, Jamoliddin Tohirov boshqarayotgan 18 g‘ildirakli 2022 Freightliner rusumli fura ichki beton to‘siqqa urilgan va qarama-qarshi yo‘nalishdagi barcha yo‘laklardan o‘tib, tashqi himoya panjarasini ham yorib o‘tgan. Haydovchi voqea joyida vafot etgan. Halokat yuzasidan tergov ishlari davom ettirilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, avtohalokat sodir bo‘lgan kuni kuchli yomg‘ir yog‘ayotgan bo‘lgan. Marhum Florida shtatining Orlando shahrida yashagan.

Mashhur yangiliklar