30 Oktabr 2024, 16:40 Jahon

Alisher Usmonov Qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga qayta saylanishi mumkin

Asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti lavozimiga nomzod bo‘ldi.

Alisher Usmonov Qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga qayta saylanishi mumkin

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti lavozimiga nomzod bo‘ldi. FIE rahbarini saylash 30-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Usmonov 2008-yildan buyon FIEni boshqarib kelayotgandi. 2022-yil mart oyida u Yevropa Ittifoqi tomonidan unga qarshi kiritilgan sanksiyalar tufayli o‘z vakolatlarini to‘xtatgandi. FIE rasmiy saytida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Usmonov nomzodini Rossiya, Belarus, Serbiya va Xitoy qatori 103 mamlakatning milliy federatsiyalari ko‘rsatgan yoki qo‘llab-quvvatlagan.

Saylovlarda Usmonovning yagona raqibi shvetsiyalik Otto Drakenberg bo‘ladi. Uning nomzodini faqatgina Shvetsiya qo‘llab-quvvatlamoqda.

FIE rahbari saylovi 30-noyabr kuni tashkilotning Toshkentdagi kongressida bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda Gretsiya vakili Emmanuel Katsiadakis xalqaro federatsiya rahbari vazifasini vaqtincha bajarib kelmoqda.

71 yoshli Usmonov Rossiyadagi 125 milliarder reytingida to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi, uning boyligi 13,4 milliard dollarni tashkil etadi. Usmonov qilichbozlik bo‘yicha sport ustasi bo‘lib, 2008-yildan buyon FIEga rahbarlik qilgan va 2012, 2016, 2021-yillarda qayta saylangan.

2022-yil mart oyida u Yevropa Ittifoqi tomonidan unga qarshi kiritilgan sanksiyalar tufayli o‘z vakolatlarini to‘xtatgandi.

Mashhur yangiliklar