10 Oktabr 2024, 17:35 Jahon

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori e’lon qilindi

Ushbu mukofot miqdori 11 million shved kronasi yoki taxminan 1,06 million dollarni tashkil etadi.

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori e’lon qilindi

Stokgolmda Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasining Nobel qo‘mitasi adabiyot bo‘yicha laureatlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Janubiy Koreyalik yozuvchi Xan Gang 2024-yilgi adabiyot boʻyicha Nobel mukofotini qoʻlga kiritdi.

Laureatlarni taqdirlash marosimi Stokgolmda 10-dekabr kuni, Alfred Nobel vafot etgan kuni bo‘lib o‘tadi. 2024-yilda mukofot miqdori 11 million shved kronasi yoki taxminan 1,06 million dollarni tashkil etadi. Pul mukofotidan tashqari, Shvetsiya qiroli sovrindorlarga medal va diplomlarni topshiradi.

11-oktyabr kuni Osloda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari nomi e’lon qilinadi. Shuningdek, 14-oktyabrda Shvetsiya banki tomonidan 1968-yilda ta’sis etilgan Alfred Nobel mukofotining iqtisod bo‘yicha sovrindori ma’lum bo‘ladi.

Mashhur yangiliklar