8 Noyabr 2024, 14:30 Jahon

2024 yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin

Copernicus xizmati bu yil global harorat rekordlari tarixida yangi bosqichga chiqqanini aytmoqda.

2024 yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin

Tarixdagi eng issiq yil 2024-yil boʻladi. Bu haqda Yevropaning Yerni masofadan zondlash xizmati Copernicus bayonot berdi.

Hisobotga koʻra, joriy yilning 10 oyida oʻrtacha global harorat 1991-2020-yillardagi koʻrsatkichdan 0,71 darajaga yuqori boʻlgan.

Oxirgi 12 oy davomida (2023-yil iyuldan 2024-yil iyungacha) global oʻrtacha harorat 1991-2020-yillardagi oʻrtacha haroratdan 0,76 darajaga yuqoriga boʻlishi qayd etildi.

Bu global harorat rekordlari tarixidagi yangi bosqichni anglatadi, dedi Copernicus direktori oʻrinbosari Samanta Berjyess.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirgi vaziyat Bokuda boʻlib oʻtadigan BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha COP29 konferensiyasi “ahamiyatini oshirish” uchun katalizator boʻlishi kerak.

Mashhur yangiliklar