Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan uylar ijara narxi bir oyda 2,8 foizga oshdi
Sentabrda Toshkentda uy-joylar uchun ijara narxlarining oshishi davom etdi.
Sentabrda Toshkentda uy-joylar uchun ijara narxlarining oshishi davom etdi, deya xabar berdi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari.
Oy davomida poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari avgustga nisbatan 2,8 foizga, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa 1,4 foizga oshdi.
O‘rtacha ta’mirlangan uy-joylar ijarasiga talabning oshishi bo‘yicha kutilmalar bunday uylarning ijara narxlariga ta’sir ko‘rsatdi, deya qayd etgan MHTI.
Xususan, sentabrda o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxi avgustga nisbatan 2,4 foizga, 2 xonali uylar uchun 3,4 foizga, 3 xonali uylar uchun 3,2 foizga, 4 xonali uylar uchun esa 2,1 foizga oshdi.
O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali — 291 dollar, 2 xonali — 363 dollar, 3 xonali — 403 dollar, 4 xonali — 463 dollar), Olmazor (1 xonali — 306 dollar, 2 xonali — 362 dollar, 3 xonali — 426 dollar, 4 xonali — 503 dollar) tumanlarida taklif etilgan.
Eng qimmat ijara narxlari esa Mirobod (1 xonali — 358 dollar, 2 xonali — 445 dollar, 3 xonali — 548 dollar, 4 xonali — 721 dollar) va Yakkasaroy (1 xonali — 343 dollar, 2 xonali — 460 dollar, 3 xonali — 611 dollar, 4 xonali — 631 AQSh dollar) tumanlarida kuzatilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chiriladi Toshkentdagi ovqatlanish shoxobchasida yongʻin yuz berdi