4 Noyabr 2024, 19:40 Iqtisod

Tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi belgilandi

O‘zbekistonda tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi belgilandi.

Tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi belgilandi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qo‘mitasining “O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Yo‘riqnoma tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini berish, qayd etish, saqlash va qaytarish tartibini belgilaydi.

Aksiz markalari bilan markalanadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni ishlab chiqaruvchi korxonalar “Davlat belgisi” DUKka quyidagi shaklga muvofiq aksiz markalarini xarid qilishga buyurtmanoma bilan murojaat etadi. Importchilar Bojxona qo‘mitasining hududiy organlariga belgilangan shakldagi buyurtma bilan murojaat qiladi.

Quyidagi aksiz tovarlarni markalash majburiy emas:

  • respublikadan tashqariga eksport qilinayotgan;
  • bojsiz savdo qiluvchi do‘konlar uchun respublika hududiga keltirilayotgan;
  • Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasi bo‘lgan taqdirda, ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun keltirilayotgan;
  • xalqaro tranzit bo‘yicha O‘zbekiston olib kelinayotgan va olib chiqishga mo‘ljallangan;
  • jismoniy shaxslar tomonidan belgilangan aksizsiz olib kirish me’yorlari doirasida keltirilayotgan.

Hujjat 2024-yil 1-noyabrdan kuchga kirdi.

Mashhur yangiliklar