17 Yanvar 2025, 15:14 Eksklyuziv, Iqtisod

Rasman: O‘zbekistonda Binance kripto-birjasi ish boshlaydi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi O‘zbekistonda Binance kripto-birjasi rasman faoliyat yurita boshlashini maʻlum qildi.

Rasman: O‘zbekistonda Binance kripto-birjasi ish boshlaydi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi eng yirik kripto-birjalardan biri — Binance tomonidan O‘zbekiston foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatish masalasini hal qildi, deb xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, mamlakat hududida Binance kripto-birjasi o‘z faoliyatini qonunchilik bilan belgilangan tartibda mahalliy CoinPay MChJ orqali amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

CoinPay — kripto-aktivlar aylanmasi sohasida rasmiy xizmat ko‘rsatuvchi provayder bo‘lib, u kripto-birja va kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyalarga ega.

O‘zbekiston rezidentlari Binance platformasiga CoinPay’ning tegishli resurslari (coinpay.uz) orqali kirishlariga imkoniyat beriladi. Shu bilan birga, foydalanuvchilar o‘z mablag‘larini bank kartalari va milliy to‘lov tizimlari orqali milliy valyutada kiritish hamda chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tizimni ishga tushirish, hamkorlar platformalarining barcha modullari, jumladan, milliy to‘lov tizimlari bilan integratsiyalashganidan so‘ng amalga oshirish rejalashtirilgan. Tizimning ishga tushirilishi haqida hamkorlarning rasmiy resurslarida (CoinPay i Binance) qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.

2024-yilning yanvar oyida agentlik tomonidan Binance kripto-birjasiga nisbatan O‘zbekiston qonunchiligi, xususan, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik talablarini buzgani uchun jarima qo‘llash haqidagi qaror qabul qilingan edi. Shundan so‘ng, tegishli da’vo arizasi Toshkent shahar iqtisodiyot sudiga yuborilgan.