Raqobat qoʻmitasi “Davr bank”ka nisbatan moliyaviy jarima qoʻlladi
“Davr bank” Toshkent shahridagi LED monitorli reklama obyektlarida kredit foizini notoʻgʻri koʻrsatgani uchun jarimaga tortildi.
“Davr bank” ATBning tashqi reklamasida kredit boʻyicha qoʻshimcha shartlar va muhim maʼlumotlar koʻrsatilmagani aniqlandi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Raqobat qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida, “Davr bank” ATB tomonidan eʼlon qilingan tashqi reklamalarda “Davr mobile” ilovasida 50 mln soʻmgacha onlayn mikrokredit” mazmunidagi reklama axboroti berilganligi aniqlangan. Bu reklamada mikroqarzning 43 foiz yillik ustamasi, oylik ish haqi talab etilishi kabi talablar koʻrsatib oʻtilmagan.
Shuningdek, Toshkent shahridagi LED monitorli reklama obyektlarida “Tadbirkorlar uchun 5 milliard soʻmgacha kredit, 24 foizdan” mazmunidagi reklamalar joylashtirilgan boʻlib, aslida foiz stavkasi – 32,99 foizligi maʼlum boʻlgan. Bundan tashqari kredit boʻyicha qoʻshimcha shartlar va muhim maʼlumotlar tashqi reklamada koʻrsatilmagan.
Yuqoridagilarga koʻra, “Reklama toʻgʻrisida”gi hamda “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunlar talablari buzilish alomatlari yuzasidan “Davr bank”ga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Dorilar narxi asossiz oshirilishi tufayli iste’molchilardan 7 mlrd so‘m ortiqcha to‘lovlar undirilgan AI-80 benzinining boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatildi O‘zbekistonda propan narxi o‘sishiga cheklov o‘rnatildi Kredit reklamasida chalg‘ituvchi ma’lumot bergan bank jarimaga tortildi Aviakompaniyalardan yo‘lovchilarning 200 mln so‘mga yaqin puli undirib berildi