O‘zbekistonning Qozog‘istondagi yangi elchisi tayinlandi
Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Qozog‘istondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.
O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Baxtiyor Ibragimov Qozog‘iston poytaxtiga bugun keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
O‘zbekistonning yangi elchisi 51 yoshda. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Rossiya tashqi savdo akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1994-yilda O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) markaziy apparatida boshlagan. U yerda yetakchi, bosh mutaxassis, vazir yordamchisi, bosh boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2001-yilda O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasiga birinchi kotib, so‘ngra savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi sifatida ishga yuborilgan.
Xorijiy xizmat safaridan qaytgach, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qoshidagi iqtisodiy tuzilmalarda, Vazirlar Mahkamasida sho‘ba mudiri sifatida faoliyat yuritgan.
2019−2022-yillarda Birlashgan Arab Amirliklarida elchi bo‘lgan. Shuningdek, TIV departamenti direktori, O‘zbekiston turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Baxtiyor Ibragimov 2018—2024-yillarda Qozog‘istonda elchi bo‘lib ishlagan Saidikrom Niyozxo‘jayev o‘rniga tayinlandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi Qozog‘istonda 4 yoshli bolaning burnidan burama mix olib tashlandi