1 Noyabr 2024, 14:50 Iqtisod

O‘zbekistonda ishsizlik kamaygani ma’lum qilindi

Bugungi kunda respublika bo‘yicha 876 ming nafar ishga joylashishga muhtoj aholi mavjud.

O‘zbekistonda ishsizlik kamaygani ma’lum qilindi

2024-yil iyul oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda aholisining 15 million 89 ming nafari (41 foiz) iqtisodiy faol, ya’ni mehnat qilishga tayyor aholi hisoblanadi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati ma’lum qilindi.

Ish bilan band aholining 14 million 213 ming nafari (94 foizi) iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilmoqda.

Xususan:

  • rasmiy sektorda – 6,8 million (48 foiz);
  • norasmiy sektorda – 5,5 million (38,8 foiz);
  • xorijda ishlayotganlar – 1,9 million (13,6 foiz).

Bugungi kunda respublika bo‘yicha 876 ming nafar ishga joylashishga muhtoj aholi mavjud (yil boshida 1 ming 24 ming nafar bo‘lgan).

Vazirlik axborotiga ko‘ra, mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi yil boshiga nisbatan 1 foiz punktga yoki 6,8 foizdan 5,8 foizga kamaygan.

Mashhur yangiliklar