O‘zbekistonda gibrid avtomobillar importi sezilarli oshdi
O‘zbekistonda o‘tgan 9 oy davomida gibrid avtomobillar importi sezilarli oshdi.
Joriy yilning 9 oyi davomida benzinda harakatlanadigan avtomobillar importi 28 foizga kamaygan. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, yengil avtomobillar 2023-yilda 55 ming 550 dona, import qilingan bo‘lsa, joriy yilda 54 ming 287 dona mamlakatga olib kirilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga ko‘ra, 1263 taga kam. Benzinda harakatlanuvchi yengil avtomobillar joriy yilda 26 ming 246 dona import qilingan. Bu o‘tgan yilning mos davriga solishtirganda 10 ming 252 taga kam.
Benzin va elektrda (gibrid) harakatlanuvchi yengil avtomobillar importi joriy yilda 11 ming 425 dona import qilingan bo‘lsa, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 49 foizga (3 ming 775 ta) ortgan. Elektrda harakatlanuvchi yengil avtomobillar importi ham ortgan. Joriy yilda 16 ming 209 dona elektromobil import qilingan bo‘lib, bu o‘tgan yilgidan 48 foizga (5 ming 292 ta) ko‘p.
Raqamlarga qaralsa, dizelda harakatlanuvchi yengil avtomobillar soni keskin qisqargan. Masalan, o‘tgan 2023-yilda 86 dona avtomashina import qilingan bo‘lsa, joriy yilda bu raqam 11 taga tushgan. Mototsikllar importi esa keskin oshgan. O‘tgan 2023-yilda 119 ming 719 dona mototsikl olib kirilgan bo‘lsa, joriy yilda bu raqam 167 ming 91 taga yetgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Ўзбекистон ташқи савдосининг ўсиши секинлаша бошлади Венгрия Ўзбекистон маҳсулотларини импорт қилиш имкониятини ўрганмоқда Сўнгги 5 йилда рублнинг Ўзбекистон экспорт ва импортидаги улуши сезиларли ошди Ўзбекистон биринчи чоракда 360,2 млн долларлик газ импорт қилди Ўзбекистонга 2 ойда қанча юк автомобили импорт қилингани маълум бўлди